Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida poytaxtimizdagi Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi faoliyati bilan tanishdilar.
Sobiq mustabid tuzum davrida milliy istiqlol va xalqimiz ozodligi yo‘lida kurashgan millatimiz qahramonlarining hayoti, ibratli faoliyati va fojiali taqdiri haqidagi arxiv hujjatlari, fotolavhalar yoshlarda ajdodlarimiz ruhiga ehtirom, vatanparvarlik va fidoyilik tuyg‘ularini uyg‘otdi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati