Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qirg‘izistonlik kursantlar davlat tili kunini nishonladi

24 Sentyabr 2026, 21:08

17

IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni targ‘ib etuvchi tadbir o‘tkazildi.

Qirg‘iziston Respublikasining davlat tili kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda qonun ijodkorlari, olimlar, o‘qituvchi va kursantlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, ona tili har bir mamlakat, xalq uchun milliy qadriyat, mustaqil davlatchilik asosi, ma’naviy yuksalish omili sanaladi. 1989-yil 23-sentyabrda Qirg‘iziston Oliy Kengashi tomonidan davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilinib, qirg‘iz tilining maqomi mustahkamlangan edi. Shundan beri ushbu sana mamlakatda davlat tili kuni sifatida keng nishonlanadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining o‘tmishi, madaniyati, milliy qadriyat va an’analari, turkiy tillarning shakllanish bosqichlari, hozirgi globallashuv sharoitida ona tilining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, davlat tiliga yuksak e’tibor qaratish va uning maqomini yuksaltirish borasidagi ishlarning beqiyos ahamiyati haqida mulohaza yuritishdi.

Shuningdek tadbirda O‘zbekiston va Qirg‘izistonning yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro hurmat va umumiy manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlari e’tirof etildi. Keyingi yillarda ikki mamlakat rahbarlarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli munosabatlar mutlaqo yangi sifat bosqichiga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech