Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Qalbdan chiqqan satrlar uzoq yashaydi

30 Aprel 2026, 22:19

92

Xalq yuragiga yaqin, samimiyat va dard bilan sug‘orilgan ijod yillar o‘tsa-da, o‘z kuchini yo‘qotmaydi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she’riyati ana shunday ma’naviy qudratga ega.

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida betakror iste’dod sohibi hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Shoir haykali poyida o‘tgan tadbirda Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i Ma’mura Zohidova, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.

So‘z olganlar shoir ijodining xalqchillik, samimiyat, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhi bilan yo‘g‘rilganini alohida ta’kidlab, uning she’rlarida inson qalbining nozik kechinmalari, ona yurtga muhabbat, mehr-oqibat, sadoqat va fidoyilik tuyg‘ulari yuksak badiiy ifoda topganini qayd etdilar. Sevimli shoirimiz she’rlaridan o‘qib bergan iqtidorli yoshlarga kitoblar tuhfa qilindi.

Shu kuni bir guruh kursantlar Toshkent tarixi muzeyini ham tomosha qilishdi. Ular maskanda poytaxtimiz shonli tarixining turli davrlarini o‘zida aks ettirgan amaliy san’at durdonalari, etnografik ashyolar, arxeologik topilmalar va tarixiy obidalar maketlari bilan yaqindan tanishdilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech