Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Psixolog va poligrafologlar malaka oshirdi

15 Avgust 2026, 19:44

46

IIV akademiyasida ichki ishlar va hamkor huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning psixolog-mutaxassislari uchun 2 bosqichdan iborat o‘quv kursi tashkil qilindi.

O‘quv kursi xodimlarning poligraf apparati yordamida maxsus psixofiziologik tekshiruvlarni samarali o‘tkazish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, amaliyotga ilg‘or ish uslublarini joriy etish maqsadida tashkil qilindi.

Mashg‘ulotlar davomida ishga qabul qilinayotgan nomzodning shaxsiy va kasbiy xususiyatlari bilan bog‘liq xavf omillarini baholash, xodimni lavozimga tayinlashda korrupsiya va boshqa illatlarga moyilligini aniqlash, jamoaviy muhitni mustahkamlash, xodimlarning psixologik-ruhiy holatini barqarorlashtirish, jinoyat protsessida shaxsning individual-psixologik xususiyatlari, motivatsiyasi va xatti-harakatlarini tahlil qilish kabi jihatlarga e’tibor qaratildi.

Amaliy mashg‘ulotlarda esa tinglovchilar poligraf tekshiruvlarini rejalashtirish, tekshiruvdan oldingi suhbatni tashkil etish, tekshiruv savollarini shakllantirish, poligraf apparatidan foydalanish, olingan psixofiziologik reaksiyalarni tahlil qilish va tekshiruv natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamladilar.

O‘quv kursi yakunida tinglovchilardan og‘zaki va poligraf yordamida maxsus psixofiziologik tekshiruvlarni mustaqil bajarish orqali amaliy sinovlar qabul qilinib, undan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikatlar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech