Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Psixolog mutaxassislar uchun o‘quv yig‘ini

16 Avgust 2022, 02:08

1161

IIV Akademiyasida hududiy ichki ishlar organlarining psixolog xodimlari uchun bir haftalik o‘quv yig‘ini tashkil etildi. 

O‘quv yig‘inidan ko‘zlangan maqsad tizimda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, soha xodimlari bilan olib borilayotgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqali ularning kasbiy madaniyati hamda psixologik tayyorgarligini mustahkamlashdir.

Tasdiqlangan rejaga binoan, malakali mutaxassislar tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlari kasbiy faoliyatida nizoli holatlar va ularning oldini olish”, “Fuqarolar bilan psixologik aloqa o‘rnatish usullari”, “Profayling xizmatining shaxslararo munosabatda tutgan o‘rni”, “Ichki ishlar organlari xodimlarining omma ongi bilan ishlash metodlari, ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash texnikalari”, “Boshqaruv psixologiyasi. Rahbar axloqi va boshqaruv madaniyati, eksperimental psixodiagnostika asoslari”, “Shaxs xususiyatlari va kasbiy kompetensiyalarini tashxis etish metodikalari” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘tiladi. Shuningdek psixolog xodimlarning kelgusidagi faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan trening hamda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Mashg‘ulotlarning ilk kunida o‘quv yig‘ini ishtirokchilari Akademiya Psixologik ta’minlash markazida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar, shaxsiy tarkib bilan amalga oshirilayotgan profilaktik  ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech