Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlari uchun o‘quv kursi

22 Iyun 2023, 05:06

1076

“Qiynoqqa solishga qarshi kurashish: xalqaro amaliyot va milliy tajriba” mavzuyidagi o‘quv kursi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan tashkil etilmoqda.

Mashg‘ulotlar Inson huquqlari Milliy markazi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti, IIV Akademiyasi hamda boshqa mas’ul tashkilotlarning tajribali mutaxassislari tomonidan olib borilmoqda. Undan ko‘zlangan maqsad huquqni muhofaza qiluvchi organlarning inson huquqlarini ta’minlash faoliyatini milliy va xalqaro standartdlar asosida takomillashtirishdir.

O‘quv kursi dasturida Inson huquqlari bo‘yicha Milliy strategiya maqsadlari doirasida qiynoqqa qarshi kurashishga qaratilgan qator dolzarb mavzular qamrab olingan. Qisqa muddatli mashg‘ulotlar yakunida xodimlarga sertifikat beriladi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech