Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Profilaktik tadbir o‘tkazildi

09 Avgust 2025, 07:08

63

IIV akademiyasida Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi tomonidan tadbir o‘tkazildi.

Inspektor-psixologlar ishtirokida o‘tgan tadbir xizmat intizomini mustahkamlash, bu boradagi dolzarb talablarni yetkazish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda bo‘lim vakillari so‘zga chiqib, tizim obro‘yiga putur yetkazayotgan ayrim holatlarga to‘xtaldi. Xodimlar xizmat vazifasini vijdonan bajarishi, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishi, fuqarolar bilan muloqotda odob-axloq qoidalariga amal qilishi, turli nojo‘ya xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi zarurligi qayd etildi.

Profilaktik tadbirda korrupsiya va suiiste’molchilikni keltirib chiqaruvchi vaziyatlar haqida ham tushuncha berilib, bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tinglovchilarga tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech