Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlash

30 Mart 2023, 06:03

1234

Mamlakatimizda jazoni ijro etish tizimini takomillashtirish, mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash, qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni axloqan tuzatish bo‘yicha tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

IIV Akademiyasida “Probatsiya xizmati nazorati ostidagi shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashni takomillashtirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklaridan mas’ul xodimlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari, ilmiy tadqiqotchilar, amaliyot xodimlari, shuningdek Akademiyaning “jazoni ijro etish faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar qatnashdi.

Akademiya boshlig‘ining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Ruftullo Nigmatov so‘z olib, probatsiya xizmatini xalqaro standartlar va zamonaviy ilg‘or tajribalar asosida isloh etishga qaratilgan chora-tadbirlar, sohaning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning ilmiy-amaliy jihatlari xususida to‘xtalib o‘tdi.

Anjumanda sud-huquq tizimi vakillari, probatsiya xizmati xodimlari, huquqshunos olim va mutaxassislar o‘z mulohazalari bilan o‘rtiqlashdi. Ma’ruzachilarning “Probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etish va istiqboldagi rejalar”, “Probatsiya xizmati xodimlari faoliyati ustidan prokuror nazorati”, “Probatsiya xizmati tomonidan sudga taqdim etiladigan hujjatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti”, “Probatsiya xizmati faoliyatida inson huquqlarini ta’minlash”, “Xorijiy mamlakatlarda probatsiya xizmati faoliyatini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzuidagi chiqishlari tinglandi.

Probatsiya xizmati nazoratidagi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, bu borada davlat organlari va jamoat tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

 

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech