Galdagi musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlandi.
Manfaatdor vazirliklar hamkorligida tashkil etilgan tadbir mingga yaqin ishtirokchini qamrab oldi. G‘oliblar 3, 10 va 1 kilomertlik “Family run” yo‘nalishlari bo‘yicha yakkalik hamda jamoaviy tarzda aniqlandi.
Musobaqada Ichki ishlar vazirligi akademiyasi kursantlari faol qatnashib, harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalari orasida sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Xususan, 3 kilometr masofaga yugurish bo‘yicha Iroda Bekmirzayeva, Muyassar Kushmurotova, Shahrizoda Nusratillayeva qizlar o‘rtasida faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Zokir Uralov yigitlar o‘rtasida marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Musobaqaning 10 kilometrlik bahslarida ham sovrinli uch o‘rin kursantlarimizga nasib qildi. Masofani birin-ketin bosib o‘tgan Akmal Salayev, Fayzullo Habibullayev va Shavkat Musredinovga teng keladigan raqib topilmadi.
Yana bir quvonarli jihati, Akademiya kursant qizlari 3 kilometrga yugurish bo‘yicha umumjamoa hisobida mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
IIV akademiyasi axborot xizmati