IIV Akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida o‘rganishlar olib borildi.
Bunda mahallalarning kriminogen vaziyatini o‘rganish asnosida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi.
Ishchi guruh vakillarining ta’kidlashicha, faoliyat davomida har bir jinoyatning sabab va shart-sharoitlari, ayniqsa “qizil” toifadagi mahallalarning kriminogen holati atroflicha o‘rganilgan. Mahalla faollari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, mavjud vaziyat muhokama qilingan. Bundan tashqari, o‘rta bo‘g‘in rahbarlarining faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgan.
Aytish joizki, joylardagi uchrashuvlar chog‘ida IIV Akademiyasi tomonidan tayyorlangan metodik qo‘llanmalar taqdimot qilinib, jinoyatchilikni jilovlashning samarali omillari, amaliyotga keng tatbiq qilinayotgan yondashuvlar tushuntirildi. Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish, mahallalarning o‘ziga xos xususiyatini inobatga olgan holda taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqish borasida dolzarb tadbirlar belgilab olindi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati