IIV Akademiyasida Ichki ishlar organlarida “Jismoniy va jangovar tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan tashkil yetilgan davra suhbatiga O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi, “O’zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, O’zbekiston futbol assotsiatsiyasi Vitse-Prezidenti Odil Ahmedov taklif yetildi.
Sportchi kursantlar bilan uchrashuv chog‘ida o’zining futbol olamida bosib o’tgan zalvorli yo’li, faoliyati davomidagi turli xil to’siqlar va qiyinchiliklar bilan birga yerishgan yutuqlari to’g‘risida so’zlab berdi.
– Men har gal maydonga tushganimda yeng avvalo Vatanim shaʼni va uning dunyo hamjamiyatidagi obro’sini himoya qilyapman deb o’zimga o’zim aytar yedim va albatta barcha yerishgan yutuqlarim mana shu ishonch va qatʼiy pozitsiyam orqasidan deb bilaman, – deydi Odil Axmedov.
– Davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari bilan yurtimizda sportning barcha turlari bo’yicha shug‘ullanish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan, – dedi u. – Shuning uchun ham so’ngi yillarda sportchilarimiz turli yo’nalishlarida yuqori natijalarni qo’lga kiritib davlatimiz bayrog‘ini baland ko’tarib kelishmoqda.
Tadbir qiziqarli savol-javoblar bilan davom yetdi. yeng faol qatnashgan kursantlar Sportchimiz tomonidan yesdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati