15–16-noyabr kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” sport majmuasida taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan 800 nafarga yaqin turli yosh toifasidagi sportchilar “tul” (texnik kompleks) va “sparring” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinab ko‘rdi.
Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahslarida IIV akademiyasi xodimi, katta leytenant Malika Ibragimova (57 kg) ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Vakilamiz har ikkala yo‘nalishda raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yakunda ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi. Natijada, Malikaning O‘zbekiston kubogi musobaqalarida qo‘lga kiritgan jami oltinlari soni 9 ga yetdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati