Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Otaliqqa olingan maktablarda tadbirlar o‘tkazilmoqda

23 Oktyabr 2024, 09:10

155

Shu kunlarda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari Namangan, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida bo‘lib, kriminogen vaziyatni kompleks tarzda o‘rganishmoqda.

Xizmat safari davomida hududlardagi otaliqqa olingan maktablarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan tadbirlarda yurtimiz yoshlari uchun yaratilgan ulkan imkoniyatlar, oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan muloqot qilindi. Shuningdek, o‘quvchilar bilan monitoring o‘tkazilib, ularning kasbiy qiziqishi va qobiliyati o‘ganildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni huquqbuzarlik va boshqa salbiy illatlardan asrash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu maqsadda akademiya vakillari tashabbusi bilan “Ichki ishlar sohasiga qiziqasizmi?” mavzuida motivatsion uchrashuvlar, “Zakovat”, “Huquq bilimdoni” intellektual o‘yinlari, shuningdek, minifutbol, voleybol, erkin kurash, shaxmat va shashka bo‘yicha musobaqalar ham uyushtirildi.

Muhimi, o‘quvchilarni bilim va kasb-hunarga qiziqtirish, ularning yurtga daxldorligi va vatanparvarligini yuksaltirish, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar izchil davom ettirilyapti. Bu esa yoshlarning kelgusidagi hayotida muhim poydevor bo‘lishi, shubhasiz.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech