Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Oromgoh bolajonlar bilan gavjum

23 Iyun 2026, 18:27

46

Yoz bolalar uchun nafaqat maroqli ta’til payti, balki quvonchli lahzalarga boy mavsumdir.

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari va xodimlarining farzandlari Bo‘stonliq tumanidagi “Oqtosh” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hordiq chiqarishmoqda.

Mavsum davomida ular uchun intellektual o‘yinlar, sport musobaqalari, kitobxonlik va boshqa ko‘ngilochar tadbirlar uyushtirilmoqda. Maskanda yaratilgan shart-sharoitlar ta’tilni maroqli o‘tkazish bilan birga, bolajonlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy qobiliyati va dunyoqarashini rivojlantirish, ular o‘rtasida do‘stlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

– Oromgoh menga juda yoqdi. Bu yerda mazza qilib dam olayapmiz. Futbol o‘yinlari, she’rxonlik kechalari, tabiat qo‘yniga sayohat, har xil qiziqarli tomoshalar hammamizga manzur bo‘lmoqda, – deydi Amirbek Abdumutalov.

Aytish joizki, maskanda bolalarning ovqatlanishi, yashashi va dam olishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tiborda. Mavsum yakunigacha soha xodimlari farzandlarini “Zomin”, “Kamalak”, “Guliston” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida ham dam oldirish rejalashtirilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech