Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

O‘quv dargohi qadrdon bitiruvchilarini qarshi oldi

14 Noyabr 2025, 08:11

58

Oramizdagi katta avlod vakillari IIV akademiyasida faoliyat yuritgan avvalgi Sirtqi ta’lim fakultetini yaxshi bilishadi. Chunki bugun ustozlik maqomiga yetgan faxriylarimizning ko‘pi ushbu dargohda tahsil olgan.

Fakultet bitiruvchilari 17 yildan so‘ng yana qadrdon maskanda yig‘ilishdi. Uchrashuv bahonasida ular o‘tgan davr mobaynida akademiya hayotida ro‘y bergan yangilanishlar, tarixiy o‘zgarishlarga guvoh bo‘lishdi.

Mehmonlarga islohotlar samarasida barpo qilingan inshootlar, zamonaviy ta’lim jarayonlari, kursant va tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kadrlar tayyorlash yo‘lida erishilayotgan yutuqlar haqida so‘zlab berildi.

Bitiruvchilar saf maydonidan shaxdam qadamlar bilan o‘tib, qutlug‘ maskanda o‘tgan oltinga teng damlarni yodga oldilar. Ayniqsa akademiya muzeyiga sayohat o‘quv dargohining shonli tarixini, butun umrini kelajak avlod ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan tabarruk ustozlarni yodga solgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Shu kuni faxriy ustozlar uchun dasturxon yozilib, osh tarqatildi. Soha fidoyilari yoshlar bilan dildan suhbatlashib, iliq xotiralarni eslab, ularga oq yo‘l tiladilar.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech