IIV akademiyasining Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida joriy o‘quv yili yakunlariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Onlayn formatda o‘tgan uchrashuvda fakultet vakillari, qo‘shni Tojikiston va Qizg‘iziston Respublikalari Ichki ishlar vazirliklari mas’ullari, kursantlar va ularning ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakultetida yo‘lga qo‘yilgan ta’lim jarayonlari, kursantlarning fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, turli yo‘nalishlarda erishayotgan yutuqlari, ular uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, yozgi ta’til davrida ish o‘rganish amaliyotini samarali tashkil etish, shaxsiy xavfsizlik va xizmat intizomiga rioya qilinishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida bir qator vazifa va chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati