Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Ona tilini asrash – kelajak oldidagi mas’uliyatdir

20 Oktyabr 2026, 17:40

53

O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Bilimlar estafetasi” o‘tkazildi.

IIV akademiyasi kursantlari ishtirokida o‘tgan bellashuv “O‘zbek tili bilimdoni”, “Milliy adabiyotimiz vakillari ijodida ona Vatan madhi”, “Jadid adabiyotida til va adabiyotning o‘rni” shartlaridan iborat bo‘ldi.

Jamoalar o‘z chiqishlari orqali ona tilimiz, adabiyotimiz, buyuk ajodlarimizning boy merosiga bo‘lgan munosabatlari, bilim va ma’naviy dunyoqarashlari, kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.

Bahs-munozaralar ostida kechgan tadbir yakunida “Jadidlar” jamoasi birinchi, “Yosh tilshunoslar” jamoasi ikkinchi, “Navoiy izdoshlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Bilimlar bahsi o‘zbek tilini asrab-avaylash, yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech