O‘zbek tili bayrami munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi akademiyasida intellektual o‘yin tashkil etildi.
Yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan hurmatini kuchaytirish, bilim va intellektual salohiyatini oshirish, ma’naviy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda kursantlar faol qatnashdi.
Intellektual o‘yinda jamoalarga 30 ta savol yo‘llandi. Shu orqali kursantlarning so‘z boyligi, ona tilimizning grammatik va imlo qoidalarini nechoqlik bilishi, nutq madaniyati, hozirjavobligi va zukkoligi sinovdan o‘tkazildi.
Qizirqarli o‘tgan bellashuv yakunida 3-o‘quv kursi kursantlari birinchi, 2-o‘quv kursi kursantlari ikkinchi, 1-o‘quv kursi kursantlari uchinchi o‘rinni egalladilar. Tadbir ona tilimizning nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, yoshlarni boy madaniy merosimizga hurmat ruhida kamol toptirishga xizmat qildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati