11-12-fevral kunlari poytaxtimizdagi Bojxona instituti Malaka oshirish va qayta tayyorlash fakultetida stol tennisi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida imzolangan qo‘shma qarorga muvofiq tashkil etilgan sport tadbirida Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyalari, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Jamoat xavfsizligi universiteti hamda Bojxona instituti kursantlari qatnashdi.
Olimpiya o‘yinlari turkumiga kiruvchi sport turlarini yanada ommalashtirish, oliy o‘quv muassasalari yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada ishtirokchilar yakkalik va juftlik tarzida o‘zaro bellashdilar. Musobaqa qizg‘in kurashlar ostida kechdi va umumjamoa hisobida 1-o‘rin Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga, 2-o‘rin Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga hamda 3-o‘rin Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasiga nasib qildi. Sovrindorlar musobaqa tashkilotchilarining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati