IIV akademik litseylari o‘quvchilari uchun huquqshunoslik fani bo‘yicha respublika olimpiadasi o‘tkazildi.
Iqtidorlik yoshlarni saralash, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tizim uchun munosib kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan olimpiadaga IIV akademiyasi mezbonlik qildi.
Ikki kun davomida o‘quvchilar yozma ish va test sinovlari bosqichlarida o‘z imkoniyatlarini namoyon etdilar. Yakunda Qashqadaryo litseyi o‘quvchisi Shohrux Yunusov birinchi, Toshkent shahar litseyi o‘quvchisi Shahzoda Ahmedova ikkinchi, Buxoro litseyi o‘quvchisi Azizbek Ashurov uchinchi o‘rinni egalladi.
G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Shuningdek olimpiadaning qolgan ishtirokchilari Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomasi bilan rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida yosh avlod vakillari uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, ularga akademiyadagi zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati