IIV akademiyasining O‘zbekiston tarixi kafedrasi tomonidan “Jinoyat va jazo falsafasi: reallik va istiqbol” mavzuiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.
Tadbir avvalida kafedra boshlig‘i, falsafa fanlari doktori, professor Shavkat Mamadaliyev so‘z olib, ilmiy-amaliy konferensiyadan ko‘zlangan maqsad va vazifalarga to‘xtaldi.
Olim va tadqiqotchilar ishtirokida o‘tgan anjumanda “Jinoyat va jazo falsafasining ma’naviy-axloqiy asoslari”, “Yangi O‘zbekistonning jinoiy-huquqiy siyosati: natija va istiqbol”, “Jazo ijtimoiy hodisa sifatida: falsafiy tahlil”, “Jinoyat va jazo falsafasining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi ahamiyati” hamda boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.
Dolzarb yo‘nalishlarda tadqiqotlar olib borish, o‘quv va ilmiy adabiyotlar yaratish, muammolarning nazariy va ilmiy-amaliy yechimlarini ishlab chiqish, ta’lim samradorligini oshirish yuzasidan taklif-tavsiyalar bildirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati