IIV akademiyasida ta’lim olayotgan magistratura tinglovchilari Bektemir tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskani faoliyati bilan tanishdi.
Shu kuni “Rohat” va “Majnuntol” mahallalarida oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvatlash, oila-turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Bundan tashqari, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar vakillari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, nizolarning kelib chiqish sabablari muhokama qilindi. Ayollarga oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzandlar tarbiyasi va kelajagiga mas’uliyatli bo‘lish, ajrimlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Suhbat yakunida oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlar muammolarini bartaraf etish, ularga huquqiy, psixologik va tibbiy maslahatlar berish, oilalarni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati