Firibgarlik – jamiyatda köp uçraydigan illat. Sönggi paytlarda aldov va işonçni suiiste’mol qiliş orqali özgalar mulkini qölga kiritiş ayrim ğaraz niyatli kişilar uçun daromad manbai bölib qoldi.
Jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudi majlisida iştirok etgan Akademiya kursantlari Jinoyat kodeksining 168-moddasini amaliyotda qöllaş yuzasidan könikmalarini mustahkamladilar.
Sud majlisida ayblanuvçining sodir etgan qilmişiga tegişli huquqiy baho berilgaç, kursantlar iştirokida oçiq muloqot taşkil etildi. Unda jinoyat işlarini tergov qiliş, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan jinoyat işlarini muhokama qiliş, Jinoyat kodeksi normalarini amaliyotda töğri qöllaş borasida fikr almaşildi.
IIV Akademiyasi Axborot xizmati