IIV akademiyasida poytaxtimizning 209-son umumta’lim maktabi o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil qilindi.
Tadbir davomida yoshlar o‘quv binolari, amaliy mashg‘ulot joylari, sport zallari, saf maydoni va boshqa majmualarni tomosha qildilar. Maxsus texnik vositalar va jangovar qurollar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.
Ma’naviyat va ma’rifat maskanida akademiya faoliyatiga oid videorolik namoyish qilindi. Tadbir tashkilotchilari yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Shu kuni o‘quvchilarning huquqiy bilimini mustahkamlash maqsadida “Konstitutsiya bilimdoni” viktorinasi o‘tkazilib, faol va bilimdon o‘quvchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati