IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari va Farg‘ona viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh “Dang‘ara”, “Beshariq”, “O‘zbekiston” va “Furqat” tumanlari mahallarining kriminogen vaziyatini o‘rganib chiqdilar.
O‘rganish davomida hududlarning “Ijtimoiy profilaktika” tizimini natijadorligi va manzilliligini keskin oshirish, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda aholining ijtimoiy-maishiy muammolarini bartaraf etish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ishchi guruh tomonidan “mahalla yettiligi” vakillariga sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon beradigan shart-sharoitlarni aniqlash, hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, shuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Farg‘ona viloyati bo‘yicha olib borilayotgan o‘rganishlar davom etmoqda.
IIV akademiyasi Axborot xizmati