Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Yangiliklar qisqa satrlarda

13 Mart 2026, 19:14

79

IIV akademiyasida vazirlikning Sirdaryo va Jizzax viloyatlaridagi litseylari o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar maskan faoliyati bilan yaqindan tanishib, ta’lim jarayonlari, mutaxassislik yo‘nalishlari, kursantlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida boy taassurotga ega bo‘lishdi. Ularning kasbiy qiziqishi, vatanparvarlik fazilatlarini oshirish maqsadida “Hayot akademiyasi” filmi namoyish qilindi.

* * *

Poytaxtimizdagi Fan va texnologiyalar universitetida yoshlarni giyohvandlik illatidan ogoh etishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda IIV akademiyasi vakillari tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilish, saqlash hamda sotish bilan shug‘ullanishning oqibatlari tushuntirildi. Bugungi kunda internet tarmog‘i orqali yoshlarni bunday illatlarga jalb qilish ko‘payib borayotgani aytilib, talabalar ogohlikka chorlandi.

* * *

Xorijiy kadrlar bilan ishlash fakulteti tomonidan yosh tadqiqotchilar va kursantlar ishtirokida uchrashuv tashkil qilindi.

Kursantlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ularning qiziqish va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirda o‘quv muassasasida tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kafedralar qoshidagi ilmiy to‘garaklar, yosh olimlar erishayotgan yutuqlar haqida ma’lumot berildi. Kelgusida ustoz-shogirdlik an’analari asosida ilmiy izlanish olib borishga qiziquvchi kursantlar bilan ishlashga kelishib olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech