Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Navbatdagi sayyor mashg‘ulotlar Qashqadaryoda tashkil etildi

04 Iyul 2024, 09:07

669

IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Qarshi va Shahrisabz shaharlarining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarida manzilli ishlar olib borildi.

Ishchi guruh Qarshi shahrining “Qarliqxona” va “Eski anhor” hamda Shahrisabz shahrining “Ipak yuli”, “Galaba”, “Pillachilik” va “Xabarlik” mahallarining kriminogen vaziyatini o‘rganib chiqdilar.

O‘rganish davomida hududlarning “Ijtimoiy profilaktika” tizimini natijadorligi va manzilliligini keskin oshirish hamda aholining ijtimoiy maishiy muammolarini bartaraf etish hamda mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Ishchi guruh tomonidan Qarshi va Shahrisabz shaharlarida tashkil etilgan seminar-treningda hududlarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish, ijtimoiy profilaktikaning mazmun-mohiyati, fuqarolar bilan ishlashda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash mexanizmlari, “mahalla yettiligi” vakillarining ijtimoiy profilaktika ob’ektlari bilan amalga oshiradigan chora-tadbirlari, shuningdek, faoliyatga oid hujjatlarni yuritish tartibi batafsil tushuntirilib o‘tildi.

Mashg‘ulotlar yakunida mahalla yettiligi a’zolarining olgan bilim va ko‘nikmalarini aniqlash maqsadida test sinovlari olinadi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech