Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar sammiti

22 Aprel 2026, 21:29

190

21-aprel kuni ko‘hna va boqiy Samarqand yana bir nufuzli anjuman – Narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha yoshlar sammitiga mezbonlik qildi.

Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda BMTning narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda yurtimiz bilan bir qatorda, Markaziy Osiyo davlatlari yoshlari qatnashdi.

Sammit ochilishida ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbir mintaqa yoshlari orasida giyohvandlik vositalari hamda psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, narkojinoyatlarga qarshi murosasiz kurashni davom ettirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Sammitda mintaqa davlatlari yoshlari o‘z loyihalari yuzasidan fikr almashib, o‘sib kelayotgan mintaqa yoshlarining bu illatdan himoya qilishning yangi, samarali usullarini amaliyotga joriy qilish masalalarini muhokama qildi. Yakunda Markaziy Osiyo yoshlari tomonidan mintaqa davlatlarining sohaga oid faoliyat olib borayotgan rasmiylariga “Yoshlar murojaati” qabul qilindi.

Aytish joizki, sammitda IIV akademiyasi yosh xodimlari va kursantlari ham qatnashib, bugungi kunning global masalasiga aylangan giyohvandlikka qarshi kurashishda faol hamkorlik qilish yo‘lida birlashdilar. Ayniqsa ta’lim muassasasi uchun ajratilgan pavilonlarda tashkil qilingan ko‘rgazma yurtimiz yoshlari va mehmonlari uchun ilg‘or yondashuvlar bilan tanishish imkonini yaratdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech