Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda?

13 Yanvar 2026, 21:16

31

IIV Tezkor-qidiruv departamenti Giyohvandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.

Unda boshqarma vakillari, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda “huquqbuzarliklar profilaktikasi va probatsiya faoliyati”, “tezkor qidiruv faoliyati”, “ekspert-kriminalistika faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar qatnashdi.

Tadbirda departament mas’ullari so‘zga chiqib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar, ularga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli chora-tadbirlar, erishilayotgan natijalar, bu borada Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga to‘xtalib o‘tdi.

Bugungi kunda narkojinoyatlar jamiyatga katta tahdid solayotgani, ayniqsa yoshlarni giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga jalb qilishda internet qulay vositaga aylanib borayotgani ta’kidlanib, sohaga kirib kelayotgan yosh xodimlar o‘z ixtisosliklari bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi, jamiyatda bu kabi illatlarga barham berish ichki ishlar organlarining asosiy vazifalaridan biri ekanligi qayd etildi.

Tadbir davomida narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan kursantlarga tavsiyalar berildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech