Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Muzeylar – moziydan so‘zlaydi

2 Aprel 2026, 20:50

41

Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi kursantlari poytaxtimizdagi diqqatga sazovor qadamjolarga sayohat qilishdi.

Tarixiy merosni asrash, milliy o‘zligimizni anglash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyidan boshlandi.

Yetti bo‘limdan iborat maskan kursantlarni tarixiy haqiqatni anglash va undan saboq chiqarishga undagani bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Muzeydan o‘rin olgan eksponatlar bilan tanishish asnosida yoshlar mustabid tuzum davrida nohaq qatang‘onga uchragan ming-minglab yurtdoshlarimizning hayoti, faoliyati, achchiq qismati haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayohat davomida mutaxassislar tomonidan qatag‘on qurbonlarining nomini tiklash, faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar haqida so‘zlab berildi.

Shu kuni bir guruh kursantlar Ichki ishlar organlari tarixi muzeyini ham tomosha qilishdi. To‘rt mingdan ziyod eksponatni o‘z bag‘riga singdirgan muzeyda sohaning shonli o‘tmishi va buguni yorqin aks ettirilgan. Kursantlar bu yerdagi har bir burchakni, noyob osori-atiqalarni sinchiklab ko‘zdan kechirib, ichki ishlar organlarining ko‘p yillik sharafli yo‘li haqida boy taassurot ega bo‘ldilar. Muhimi, ular qalbida Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat, ajdodlarga ehtirom tuyg‘ulari jo‘sh urdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech