Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasi kursantlari uchun poytaxtimizdagi Aloqa tarixi muzeyiga sayohat tashkil qilindi.
Tashrif davomida kursantlar mamlakatimizda aloqa sohasining shakllanish bosqichlari, turli davrlarda qo‘llanilgan aloqa vositalari, pochta, telefon, radio va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotiga oid ekspozitsiyalar bilan tanishdi.
Maskandagi tarixiy manbalar va ko‘rgazmali materiallar yoshlarda soha taraqqiyotiga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar hayotimizda tutgan o‘rnini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning turli sohalarga oid bilimlarini boyitish, ma’naviy salohiyatini yuksaltirish va ularda Vatanga daxldorlik hissini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati