Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Muzeylar – o‘tmish ko‘zgusi

28 Noyabr 2021, 09:11

1744

O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida 250 mingga yaqin tarixiy, san’at va madaniyat yodgorliklaridan iborat osori-atiqalar saqlanadi. Eksponatlarning 60 mingdan ortig‘ini arxeologiya, 80 mingdan ziyodi numizmatika va 16 mingdan ortig‘ini etnografik yodgorliklar tashkil etadi.

Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi asosida haftaning juma kuni Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Vatanparvarlik kuni” etib belgilangan.

Ta’lim muassasasi kursantlari yurtimizning boy tarixi bilan yaqindan tanishish maqsadida ushbu maskanga sayohat qildilar.  Tarixiy buyumlar, nodir san’at asarlari, qadimiy arxeologik ashyolardan iborat ulkan kolleksiya yoshlarni buyuk o‘timishimiz, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat ruhida kamol toptirish, ularning ona Vatanimizga daxldorlik hissini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Muzey fondidan joy olgan ilmiy asarlar, ommabop nashr va kitoblar kursantlarning bilim salohiyatini mustahkamladi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech