Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “tezkor-qidiruv faoliyati” ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar uchun davra suhbati tashkil qilindi.
“Muloqot” klubi doirasida o‘tkazilgan tadbir “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishiga qarshi kurashish” mavzuiga bag‘ishlandi.
Davra suhbatida IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakili so‘z olib, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning jamiyat uchun xavfli xususiyatlari, ularni iste’mol qilishning ayanchli oqibatlari, yoshlarni ushbu illatlardan asrash borasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik ishlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik masalalari, shuningdek, bu turdagi jinoyatlarni fosh etish usullarini amaliy misollar orqali tushuntirib o‘tdi.
Muloqot davomida kursantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmat