Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari, ekspert va mutaxassislar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hamda boshqa bir qator qonunlar muhokama qilindi.
So‘zga chiqqanlar qonunchilikdagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyati va dolzarb ahamiyatiga to‘xtalib, amaliyotga tatbiq qilinayotgan yangiliklar ayrim sohalardagi huquqiy bo‘shliqlarni to‘ldirishga, ularning faoliyat samaradorligini oshirishga, jamiyatda aholining huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidlab o‘tishdi.
Yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bilan birga, yechimini kutayotgan ayrim muammolar ham aytib o‘tildi. Soha muxatassislari qatorida, IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari va magistratura tinglovchilari so‘zga chiqib, huquqiy normalar samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va mulohazalarini bildirdilar. Muhokama yakunida qo‘mitaning tegishli qarorlari qabul qilindi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati