Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Milliylikni tarannum etgan konsert

14 May 2026, 19:57

56

Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.

Tadbirda xalq og‘zaki ijodi, folklor namunalari, baxshichilik san’ati, milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar o‘ziga xos ijro etildi. Ayniqsa, soyalar raqsi orqali yaratilgan badiiy kompozitsiya kursantlarda katta taassurot qoldirdi.

Talabalar ijrosidagi har bir sahna ko‘rinishida xalqimizning boy ma’naviy merosi, milliy san’atimizga xos nafosat ufurib turdi. Folklor chiqishlarida qadim an’analar nafasi sezilgan bo‘lsa, baxshichilik namunalarida so‘z qudrati, kuy va ma’no uyg‘unligi namoyon etildi. Milliy raqslar esa tadbirga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladibayramona kayfiyat bag‘ishladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech