Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Milliy seminar bo‘lib o‘tdi

23 Yanvar 2026, 21:47

30

21-22-yanvar kunlari IIV akademiyasida terrorchilik maqsadlarida yangi texnologiyalardan foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan milliy seminar o‘tkazildi.

BMT Aksilterror boshqarmasi (UNOCT) tomonidan tashkil qilingan tadbirda xalqaro ekspertlar, manfaatdor idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Milliy seminarda terrorizm xavfining oldini olish, huquqni muhofza qiluvchi organlarning terrorchilik maqsadlarida qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalardan xabardorligini oshirish, mazkur yo‘nalishda xalqaro hamkorlik va tajriba almashinuvini rivojlantirish, milliy yondashuvlarni ishlab chiqish, sohaning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida fikr almashildi.

Xorijiy va mahalliy mutaxassilar tomonidan dolzarb taklif va tavsiyalar bildirilgan bildirilgan tabir yakunida ishtirokchilarga sertifikat topshirildi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech