Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Milliy ramzimizga bag‘ishlandi

18 Noyabr 2025, 01:11

76

O‘zbekiston bayrog‘i barchamizni, ayniqsa yosh avlodni ona Vatanimizni sevib-ardoqlashga undovchi milliy g‘urur va iftixor ramzidir.

IIV akademiyasida kursant va o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkazilgan viktorina davlat bayrog‘imiz qabul qilingan shonli sanaga bag‘ishlandi.

“Savol-javob”, “Sardorlar bellashuvi” va “Sahna ko‘rinishi” shartlari bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvda to‘rt jamoa qatnashdi. Hakamlar hay’ati vakillari jamoalarning chiqishi, bilim va intellektual salohiyatini munosib baholab bordi.

Qiziqarli tarzda o‘tgan viktorinada iqtidorli kursantlardan tarkib topgan “Jasorat” jamoasi eng ko‘p ball to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Tadbir yakunida O‘zbekiston tarixi kafedrasi boshlig‘i, professor Shavkatbek Mamadaliyev so‘z olib, yurtga sadoqat, daxldorlik, hamjihatlik kabi ezgu tushunchalar har bir insonning davlat ramzlariga bo‘lgan mehr-muhabbatida aks etishini ta’kidlab, yoshlarni Yangi O‘zbekistoning taraqqiyoti sari birlashishga da’vat etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech