“Inson qadri uçun” degan tamoyilning amaliy ifodasi keksalarni qadrlaş, ehtiyojmand oilalarga mehr-saxovat körsatiş kabi xayrli amallarda namoyon bölmoqda.
Yangi yil bayrami munosabati bilan IIV akademiyasida köp yillar xizmat qilgan faxriylar, erta vafot etgan xodimlarning oila a’zolari hamda e’tiborga muhtoj yurtdoşlarimiz holidan xabar olindi.
Ta’lim muassasasi vakillari ular istiqomat qilayotgan xonadonlarga borib, dildan suhbar qurdi. Tizim fidoyilarining ibratga töla hayoti, el-yurt osoyiştaligini saqlaş, yoş avlodga munosib ta’lim-tarbiya beriş, ustoz-şogirdlik an’analarini ravnaq toptiriş yölida qilgan samarali mehnatlari e’tirof etildi.
Xonadon sohiblari körsatilgan e’tibor va ğamxörlikdan mamnun bölib, yurt obodligi, xalqimiz farovonligi, inson qadrini uluğlaş borasida amalga oşirilayotgan ezgu işlarga şukrona aytdilar.
Şu kuni köplab yurtdoşlarimiz holidan xabar olinib, ularga bayram sovğalari topşirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati