Yoshlar kuni munosabati bilan IIV akademiyasida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan tadbir yoshlarni kasbga qiziqtirish, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.
Tadbir davomida mehmonlar akademiya hayoti va maskanda yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishishdi. Ularga o‘quv jarayonlari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihatlari, kursantlarning kasbiy va jangovar-jismoniy ko‘nikmalarni shakllantirish borasida olib borilayotgan tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
O‘quvchilar akademiyada so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yangilanishlarga oid videorolikni tomosha qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati