Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Masofaviy ta’lim: nomzodlar imtihon topshirmoqda

19 Avgust 2026, 21:34

170

Shu kunlarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining masofaviy ta’lim shakliga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Aytish joizki, ta’lim maskaiga ichki ishlar va boshqa huquq-tartibot tuzilmalaridan 1700 nafar nomzod o‘qish istagini bildirib hujjat topshirgan.

Kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasining tegishi qarori asosida ikki bosqichda tashkil etilmoqda. Shunga ko‘ra, test sinovidan iborat maxsus kasbiy tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar yakka tartibdagi yakuniy suhbatda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, masofaviy ta’lim shaklida oliy ma’lumotga ega tinglovchilar uch yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganlar tinglovchilar esa to‘rt yil tahsil oladi. Bitiruvchilarga “huquqbuzarliklarning oldini olish va fosh etish faoliyati” mutaxassisligi bo‘yicha “yurist” malakasi beriladi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech