Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Maqsad – tizim xalqchilligini oshirish

16 Fevral 2026, 19:29

89

Hududlarda IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari tomonidan sayyor mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Tergov departamenti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarga ichki ishlar organlarining tergov, jinoyat qidiruv va huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatlari xodimlari jalb qilinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad soha xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini yuksaltirish orqali tizimning faoliyat samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ishlashda qonuniylikni mustahkamlashdan iborat.

Seminar-treninglar davomida tergovga qadar tekshiruvni o‘tkazish, huquqbuzarliklarni malakalash, protsessual hujjatlarni rasmiylashtirish, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlar qamrab olinmoqda. Amaliyotda uchrayotgan muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berilmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha yaxlit manzilli ishlashga qaratilgan tegishli qarorlari, shuningdek Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan dolzarb vazifalarning mazmun-mohiyati yetkazilib, amaliyotga tatbiq qilinayotgan yangi mexanizmlar atroflicha tushuntirilmoqda.

Aytish joizki, shu kunga qadar Andijon, Namangan, Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida mashg‘ulotlar o‘tkazilib, xodimlarning bilim va tajribasi oshirildi. Sayyor o‘qishlarni respublikamizning boshqa hududlarida ham tashkil etish rejalashtirilgan.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech