Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

“Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olish” dasturi doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi

03 Fevral 2023, 09:02

862

1–3-fevral kunlari IIV Akademiyasida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan navbatdagi seminar-trening o‘tkazildi.

“Markaziy Osiyoda zo‘ravonlik ekstremizmining oldini olish” dasturi doirasida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda IIV sohaviy xizmatlari vakillari, Malaka oshirish instituti va Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Xalqaro mutaxassislar tomonidan “O‘zbekistonda bolalarga nisbatan odil sudlovni qayta tiklash”, “Bolalarga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik ekstremizmi” singari mavzular atroflicha yoritilib, ilg‘or tajribalar almashildi.

Shuningdek mashg‘ulot doirasida qizg‘in fikr almashilib, munozarali savollar yuzasidan ishtirokchilarning mulohazalari tinglandi. Yakunda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida sertifikatlar topshirildi.

 

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

 

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech