Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Markazga sayohat taassurotlarga boy bo‘ldi

30 May 2026, 12:34

46

IIV akademiyasi magistratura tinglovchilari uchun poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Sayohat davomida ular markaz faoliyati, ekspozitsiyalar, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, raqamli texnologiyalar asosida yaratilgan ko‘rgazmalar hamda xalqimiz madaniy merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma’lumki, ushbu markazda yurtimizning islomdan avvalgi va islom davriga oid madaniy merosi zamonaviy tadqiqotlar, raqamli yechimlar va interaktiv namoyishlar orqali taqdim etilgan.

Majmuadan o‘rin olgan noyob eksponatlar, tarixiy manbalar, qo‘lyozmalar, 3D-effektlar yordamida tarixga nazar tashlash imkonini beruvchi “Vaqt kapsulalari”, shuningdek, “Sivilizatsiyalar va kashfiyotlar devorlari” bo‘ylab joylashtirilgan Ikkinchi Renessans davri miniatyuralari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ekskursiya tinglovchilarning milliy tariximiz va ilmiy merosimiz borasidagi tasavvurlarini yanada kengaytirdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech