Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
O'z Ўзб Рус En

Yangiliklar

Manzilli chora-tadbirlar amalga oshirildi

20 Fevral 2026, 19:47

50

“Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida Qo‘ng‘irot tumanining “Qipchoq”, “Qo‘ng‘irot” va boshqa mahallalarida qator tadbirlar tashkil qilindi.

IIV akademiyasi, manfaatdor idora va tashkilotlar hamkorligida tashkil qilingan haftalik doirasida aholi bilan bevosita muloqotlar uyushtirilib, ularning muammo hamda takliflari o‘rganildi. Ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan manzilli ishlash, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkalari tashkil etilib, bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.

Bundan tashqari, aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda kechayotgan keng qamrovli islohotlar jarayonida ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning ustuvor maqsadi tushuntirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, o‘tkazilgan manzilli tadbirlar “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, aholi muammolarini hal qilish, mahallalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash orqali huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech