Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilari Andijon davlat pedagogika instituti talabalari bilan uchrashdilar.
Hududiy ichki ishlar organlari vakillari bilan birgalikda o‘tkazilgan tadbirda yosh avlod vakillarining yurtga sadoqat va daxdorlik hissini oshirish haqida so‘z bordi.
Muloqotda so‘z olganlar yoshlar ma’naviyatiga qaratilgan tahdidlar, ularning salbiy oqibatlari, mafkuraviy ta’sirlarga qarshi kurashish yo‘llari, ayni paytda vatanparvarlikni targ‘ib qiluvchi tadbirlarning dolzarb ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Yoshlar qatlami bilan ishlashning manzilli tizimlari yaratilgani, hozirgi keskin davrda kelajagimiz vorislarini yot illat va tahdidlardan asrab-avaylash, ularning ma’naviyatini yuksaltirish muhim vazifaga aylangani ta’kidlandi.
Xuddi shunday huquqiy targ‘ibot Ichki ishlar vazirligi akademik litseyida ham uyushtirildi. Ochiq muloqotda o‘quvchilarga hayotiy maslahatlar berildi. Chunonchi, bilim olish, xorijiy tillarni o‘rganish, yangi texnologiyalardan boxabar bo‘lishning inson kelajagi uchun nechog‘lik muhimligi tushuntirib o‘tildi. Ayrim o‘smir-yoshlar bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urayotgani, bunday illatlar ta’siriga tushib qolmaslik uchun vaqtni behuda o‘tkazmaslik, eng avvalo, kitob o‘qishi zarurligi uqtirildi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati