Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi asosida keng qamrovli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
IIV akademiyasining Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati kafedrasi va Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tashabbusi bilan poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga “ma’naviyat marshruti” uyushtirildi.
Tadbir chog‘ida kursantlar “Shon-sharaf” davlat muzeyi eksponatlari hamda “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasining boshqa monumentlari bilan batafsil tanishdilar. Ularga xalqimizning shonli tarixi, ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillaridagi qahramonligi haqida so‘zlab berildi.
Albatta, “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida tashkil etilayotgan bunday tadbirlar yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, milliy o‘zligimizni anglashga xizmat qiladi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati