IIV akademiyasida malaka oshirayotgan inspektor-psixologlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil qilindi.
Dastlab ular poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni va Yangi O‘zbekiston bog‘ini tomosha qildilar. Sayohat chog‘ida muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan barpo etilgan tabarruk qadamjolarning ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni, milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodimizning ulkan bunyodkorlik ishlari, bugungi va kelgusi avlodlar uchun qoldirgan boy ilmiy merosi haqida xodimlarga so‘zlab berildi.
Akademiya sport majmuasida o‘tkazilgan sport musobaqalari esa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini mustahkam qaror toptirishga, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi. Armresling, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat-shashka, minifutbol bellashuvlari yakunida eng kuchli va mahoratli xodimlar faxrli o‘rinlarga sazovor bo‘ldi.
IIV akademiyasi Axborot xizmati