Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish: muammo va yutuqlar

27 Dekabr 2023, 05:12

771

IIV Akademiyasida ayni mavzuga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari vakillari, huquqshunos olimlar hamda kursant yoshlar ishtirok etgan anjumanda dolzarb mulohazalar bildirildi.

So‘zga chiqqan soha mutaxassislari “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalari”, “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari”, “Chegara rejimi qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlikni ta’minlash muammolari”, “Profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish faoliyatidagi muammolar va ularning yechimlari”, “Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishda qonunlar ijrosi ustidan prokuror nazoratini tashkil etishning amaldagi holati va istiqbollari”, “Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni ta’minlash masalalari” mavzusida ma’ruza qildilar.

Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni ko‘rib chiqish davomida yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar, faoliyatning huquqiy asoslarini takomillashtirish istiqbollari, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi, muhim taklif hamda tavsiyalar bildirildi.

IIV Akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech