Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahallalarga metodik yordam ko‘rsatilmoqda

26 Fevral 2024, 10:02

817

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh Namangan viloyati mahallalarini o‘rganmoqda.

Ishchi guruhga viloyatning Uchqo‘rg‘on, Pop, Uychi, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy va boshqa tumanlaridagi “qizil” toifaga kiritilgan mahallalar biriktirilgan.

Joylardagi uchrashuvlarda mazkur mahallalarning kriminogen vaziyati, sodir etilayotgan jinoyatlar turlari, ularning sabab va sharoitlari, huquqbuzarliklar profilaktikasiga qaratilgan ishlar ahvoli manzilli o‘rganilmoqda. Har bir omil mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, tegishli vazifalar belgilab olinmoqda.

Aytish joizki, mahallalarni obod va xavfsiz hududga aytintirishda “yettilik” tizimining alohida o‘rni bor. Aholi muammolarini o‘rganish, o‘z vaqtida hal etish, yoshlar bilan manzilli ishlash, ularni ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirish jinoyatchilikning barvaqt oldini olishga xizmat qiladi.

Shu bois, o‘rganishlar jarayonida mahallalarda faoliyat olib borayotgan “yettilik” a’zolari faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi tizim asosida faoliyatni tashkil etish va jinoyatchilikni jilovlash borasida tavsiyalar berilmoqda.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech