Ochiqlik, tezkorlik va xolislik
Рус Ўзб O'z En

Yangiliklar

Mahallada sayyor sud o‘tkazildi

19 Sentyabr 2025, 08:09

31

Shu kunlarda Chirchiq shahridagi “Iqbol” mahallasida kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Aytish joizki, mahallada o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish va boshqa turdagi jinoyatlarning salmog‘i yuqori. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinmagani natijasida mahalla “qizil” toifada qolmoqda.

Endilikda bu boradagi ishlar yangicha tizim asosida tashkil etilyapti. Kriminogen vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan omillar o‘rganilib, aniq chora-tadbirlar belgilab olinmoqda. Bunda “mahalla yettiligi” tizimi vakillariga IIV akademiyasi professor-o‘qituvchilari ilmiy-amaliy va metodik yordam berishmoqda.

O‘rganishlar jarayonida huquqbuzarliklar profilaktikasi ta’sirchanligini oshirish maqsadida jinoyat muhokamalari, sayyor sud majlislari ham o‘tkazilyapti. Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sudda fuqarolar tomonidan sodir qilingan ma’muriy huquqbuzarliklar ko‘rib chiqildi.

Muhokamadan so‘ng faollar ishtirokida mahallaning kriminogen vaziyati tahlil qilinib, ijtimoiy profilaktika samaradorligini oshirish, fuqarolarda huquqiy madaniyat va javobgarlik hissini kuchaytirish, yoshlar, xotin-qizlar va ishsizlar bilan manzilli ishlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

IIV akademiyasi Axborot xizmati

Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech